Git boshlang'ich bilimlar #1

Git boshlang'ich bilimlar #1

Birinchi qadam albatta gitni qurilmangizga o‘rnatish bo‘ladi. Bu haqida rasmiy sahifasida o‘zbek tilida ma’lumotlar bor.

🔹️️️️️️Gitni loyihaga qo‘shish

Oldingi maqolada aytganimizdek git loyiha (repository) yaratish uchun o‘zingizga keraklik jildga o‘tasiz va

git init

buyrug‘ini yozasiz terminalda.

🔹️️️️️️O‘zgarishlarni kuzatish uchun qo‘shish

Fayllardagi o‘zgarishlarni git kuzatib borishi uchun git add buyrug‘idan foydalanamiz, masalan ma’lum bir faylni commit qilish uchun qo‘shmoqchi bo‘lsak

git add <fayl nomi>

buyrug‘ini ishlatamiz, agar o‘zgarish bo‘lgan barcha fayllarni qo‘shmoqchi bo‘lsak esa

git add .

buyrug‘ini.

🔹️️️️️️Commit

Keraklik fayllarda o‘zgarish qilib ularni git add yordamida qo‘shganimizdan so‘ng

git commit -m "Commitni tavsiflovchi xabar”

buyrug‘i yordamida ularni commit qilamiz. Bu degani aynan o‘sha o‘zgarishlar yozgan commit xabarimiz bilan git tarixiga kiritilganini bildiradi.

🔹️️️️️️Loyiha holati

Qaysi fayllar commit qilish uchun qo‘shildi, qaysilari hali qo‘shilmadi, qaysilarida yana o‘zgarish qilindi, bularni tekshirish uchun

git status

buyrug‘idan foydalanamiz. Bu buyruq loyihamizdagi gitga bog‘liq hozirgi holatni bizga ko‘rsatadi.

🔹️️️️️️Commitlar tarixi

git log

buyrug‘i yordamida esa biz loyihamizda qilingan commitlarni o‘zlariga tegishli xabari va sanalari bilan ko‘rolamiz.

©️rasm