Ishga kirishdagi suhbat jarayoni

Ishga kirishdagi suhbat jarayoni

Dasturchi sifatida ishga joylashish doim ham oson bo‘lmaydi. Ammo suhbat jarayoni, undagi qadamlar haqida bilsangiz, albatta foydali bo‘ladi va ko‘zlagan ishingizga kirish ehtimoli oshadi.

Jarayon umumiy quyidagicha bo‘ladi:

1. Ma’lumotnoma tekshiruvi (Resume screening):

Ish beruvchi sizning ma’lumotlaringizni topshirayotgan ish o‘riniga qanchalik mos ekanini tekshiradi

2. Telefon suhbati (Phone screening):

Ishga yollovchi (recruiter) yoki ishga qabul qilish bo‘yicha boshqaruvchi (hiring manager) bilan muloqot qobiliyatingiz, motivatsiyangiz va ish o‘rniga qanchalik mosligingizni baholashlari uchun qisqa suhbat

3. Texnik suhbat (Technical interview):

Bir yoki bir nechta muhandislar sizning texnik, muammolarni hal qilish va hamkorlikda ishlash qobiliyatlaringizni tekshirishadi

4. Xulq atvor bo‘yicha suhbat (Behavioural interview):

Boshqaruvchi (manager) yoki boshqaruvchilar jamoaviy ishlash, muloqot va yetakchilik kabi asosan yumshoq ko‘nikmalaringiz bo‘yicha suhbat qilishadi

5. Taklif (Offer):

Yuqoridagi qadamlardan muvaffaqiyatli o‘tsangiz, sizga o’sha ish o‘rini uchun taklif yuborishadi

PS. Bu jarayon kompaniyaga qarab biroz farqli bo’lishi mumkin, kattaroq kompaniyalarda, masalan FAANGda yana bir nechta qo’shimcha suhbatlar va tekshiruvlar bo‘ladi

manba: https://t.me/bakhtiyor_sulaymonov/175